Kam ta'minlanganlarga dori vositalari xaridi uchun 12 foiz keshbek qaytariladi

11.01.2024 536

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tadbirkorlardan un, shakar, dori vositalarini sotib olganida va ularning tibbiy xizmatlaridan foydalanganida 12 foiz keshbek qaytariladi. Bungacha ushbu ro‘yxat mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik moyidan iborat edi.

Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

un;
shakar;
dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Maʼlumot uchun, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS qaytarilib kelinmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati