Ijro intizomi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

10.01.2024 442

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassa rahbari Agzam Nartayev boshchiligida ijro intizomi va nazorati boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Unda tizim tashkilotlari, qoʻmita va boʻlinmalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Taniqiy ruhda o'tgan yig'ilishda ijro intizomi boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida keltirilgan sohaga doir topshiriqlar ijrosini toʻliq va sifatli taʻminlash, shuningdek ularni “ijro.gov.uz” tizimiga oʻz vaqtida kiritish ishlarini tizimli olib borish va toʻgʻri tashkillashtirish yuzasidan barcha masʻullarga koʻrsatmalar berildi.

 

 

Shuningdek, yigʻilish davomida har bir xodimning hujjatlar bilan ishlash va tashkilotning ijro intizomi qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda ishni tashkillashtirish, bu borada ijrochilarning masʻuliyatini yanada oshirish zarurligi qayd etilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan keskin choralar koʻrilishi maʻlum qilindi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati