Eslatma

03.01.2024 462

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 818-son qarori bilan "Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati" tasdiqlangan bo‘lib, unda 79 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi modda jumladan, 5 turdagi “Zaleplon”, “Pregabalin”, “Tropikamid”, “Siklopentolat” va "Gabapentin" dori vositalari o‘rin egallagan.

Eslatib o'tamiz, mazkur dori vositalarini chakana realizatsiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshiriladi.

❗️Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun qonunchiligimizda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.