sarhisob

27.12.2023 1215

Joriy yilda 1319 nomdagi farmatsevtika mahsulotlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi

2023-yil davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 204 nomdagi dori vositasi, 44 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikasi shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchlarning 214 nomdagi dori vositasi, 857 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

❗️Davlat ro'yxatidan o'tgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika haqidagi ma'lumotlar barcha uchun ochiq hisoblanib, ushbu reestr bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi.

Guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.