Ekspertlar kengashining 28-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi

27.12.2023 1109

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassa direktori Agzam Nartayev boshchiligida Ekspertlar kengashining 28-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan o’rin olgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumaladan, xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o’rnatilgan tartib asosida hujjatlarini 2022 yil 31 dekabrgacha taqdim etilgan 16 nomdagi dori vositasi hamda 9 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga tavsiya etildi.

Shuningdek, xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan:

- 1 nomdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani laboratoriya sinovlari natijasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirishga;
- 3 nomdagi tibbiy texnika ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida topshirilgan 3 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini rad etishga tavsiya etildi. 

Kun tartibidagi barcha masalalar bo'yicha batafsil jadval ma’lumotlarida tanishishingiz mumkin.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati