Yunusobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi

14.12.2023 1082

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yunusobod bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.N. fuqaro A.A. ga 15 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini noqonuniy sotayotgan vaqtida ushlandi.

Uning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi shuningdek, Chilonzor tumanidagi xonadonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan jami 2 317 dona “Zardeks” va 35 dona “Karbamazepin”, shuningdek fuqaro A.A.ning yonidan yana 29 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.