Namangan viloyatida juda ko‘p miqdordagi etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

04.12.2023 1038

Iqtisodiy jnoyatlarga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “E.l.”, “G.Ye.” va “E.M.” MCHJ rahbarlari antiseptik mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida birja savdolari orqali jami 102,7 mlrd so‘mlik 4 025 tonna etil spirtini xarid qilib, amalda antiseptik mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, “A.F.” MCHJ rahbari A.A. birja savdolari orqali xariid qilingan 34,8 mlrd so‘mlik 1 263 tonna etil spirtidan antiseptik mahsuloti ishlab chiqarmasdan, etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi, shuningdek ushbu mablag‘lar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.