Markazda Ekspertlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

27.11.2023 700

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlavt muassasasi Ekspertlar kengashining 23-sonli navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213-sonli qarorining 23-bandi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 ta, xorijiy ishlab chiqaruvchisi tomonidan esa 18 ta taqdim qilingan tibbiyotga doir qo‘llash yo‘riqnomasidagi va normativ hujjatlardagi kamchiliklar sabab 10 muddatdan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddat belgilandi. Shundan xorijiy ishlab chiqaruvchining 5 ta yo‘riqnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Jami 16 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi amal kilish muddatini uzaytirish uchun topshirildi va ko‘rib chiqildi. Shundan 3 tasini amal qilish muddatini uzaytirish uchun tavsiya berildi. Bittasi rad etildi. 12 ta normativ hujjatda kamchilik bo‘lgani uchun qayta ko‘rib chiqish uchun muddat belgilandi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasiga ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun 73 dori vositasi muhokamaga qo‘yildi va ruxsat berildi.

115 ta tibbiy texnika tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari tavsiya etilib, xammasi tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi.

Xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan 53 nomdagi tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan tavsiya etildi va ruxsat berildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan esa 19 ta tibbiy texnika va tibbiy buyum taqdim qilindi va aniq xulosa berilishi uchun muayyan muddat belgilandi.

 

Shuningdek, 29 nomdagi xorijiy va 5 nomdagi mahalliy tibbiy texnika va tibbiy buyumlar amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim qilindi. Bulardan faqatgina 29 nomdagi xorijiy tibbiy buyumlar amal qilish muddati uzaytirildi. Mahalliy texnika va buyumlarning amal qilish muddati to‘xtatildi.

Guvoxnomaga o‘zgartirish kiritish uchun 15+2 nomdagi xorijiy tibbiy buyum va texnikalar tavsiya etildi va ruxsat berildi.

7 ta maxalliy ishlab chiqvrriuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga o‘zgartirish kiritish uchun tavsiya etilgan 2 nomdagi timbbiy buyumga muayyan muddat belgilandi

Xorijiy ish chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga topshirilgan jami 25 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika. Shundan 12 tasi rad etildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati