Markazda “Roche Diagnostics” vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

22.11.2023 1422

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida joriy yilning 21-noyabr sanasida muassasa rahbari Agzam Nartayev Roche guruhiga kiruvchi “Roche Diagnostics” Markaziy Osiyo va Kavkaz sog'liqni saqlash siyosati va bozorga kirish departamenti boshlig'i Timur Ermekbaev bilan uchrashdi.

 
Ma’lumot uchun, F. Hoffmann-La Roche & Co. kompaniyasi 1896-yil 1-oktabrda 28 yoshli Frits Xoffmann-La Rosh tomonidan Shveytsariyaning Bazel shahrida tashkil etilgan. O'zining 125 yillik tarixi davomida Roche asosiy kasalliklar uchun yechim beruvchi in vitro diagnostikasi uchun zarur vositalar yetkazib beruvchi dunyodagi eng yirik biotexnologiya kompaniyalaridan biriga aylandi. Bugungi kunda asosiy ofisi Bazel shahrida joylashgan Roche kompaniyasi Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining asosiy dori vositalari ro'yxatiga kiritilgan muhim antibiotiklar, bezgak va saratonga qarshi preparatlar ishlab chiqaradi hamda 150 dan ortiq mamlakatlarda 100 mingdan ortiq xodimga ega.

 

Uchrashuvda Timur Ermekbaev Roche kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalari, xususan, Respublika qon quyish markazi, shuningdek, Respublika perinatal markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berdi. Hamda farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo’llash uchun ruxsat berish tartibi va bu masalada kompaniya mahsulotlarini davlat ro’yxatidan amaliy ko’mak zarurligni bildirdi.

 

O’z navbatida Agzam Nartayev Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyati haqida to’xtalib, Markaz JSST benchmarkingini faol amalga oshirish borasidagi ishlar jadal olib borilayotganini qayd etib, Markazning asosiy maqsadi mamlakatimiz aholisining yuqori sifatli va arzon farmatsevtika mahsulotlaridan foydalanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish ekanligini ta’kidladi. Hamda yuqoridagi masala bo’yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfiszligi markazi o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati