Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

17.10.2023 2312

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Sh. va boshqalar 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.Sh.ga 25 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, A.Sh.ning yonidan 220 dona va uning xonadonidan yana 1 800 dona “Zardeks” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.M. 5 dona “Tropikomid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.A.ga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan sotish uchun mo‘ljallangan 103 dona “Tropikamid” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati