Bolalarni xavfsiz dori vositalari bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi

29.09.2023 1207

Joriy yilning 29 sentabr kuni “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori Agzam Nartayev, UNICEF'ning O‘zbekistondagi Sog‘liqni saqlash va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Maria L.Vivas bilan uchrashdi.

UNICEF vakili O‘zbekistonda bolalar salomatligi bilan bog'liq dori vositalari sababli yuz bergan noxush holatlardan qattiq tashvishda ekanligini bildirib, Markazning sinov va sifat tekshiruvlarida tashkilot xorijlik ekspert va mutaxassislar jalb qilinishida hamkorlikka tayyorligini ma'lum qildi.

 

O'z navbatida, Markaz direktori aholi salomatligi va sog‘lom millat genofondini asrash har bir davlat va jamiyatning muhim boyligi sanalishi, shu bois, mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligini ta'kidlab, kelgusida Farmatsevtika sohasiga oid normativ hujjatlarga tegishli o'zgartirish kiritish rejalashtirilayotganini qayd etdi.

 

Uchrashuv yakunida, yurtimizda bolalarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishida farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash va sifat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha UNICEF bilan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.