07.09.2023
1372
Farmagentlik Sog'liqni saqlash vazirligi tizimiga o'tkaziladi
Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda oʻz faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda o‘tkaziladi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.