Davlat markazida "Yangi O‘zbekiston - yangi Renessans sari" tadbiri bo‘lib o‘tdi

21.08.2022 2503

Joriy yilning 18 avgust sanasida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi”da “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans sari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Olmazor tumani Din ishlari qo‘mitasining tuman bo‘yicha mutaxasisi Abdug‘affor Qayumov, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi-shoir To‘lqin Eshbekov hamda Toshkent shahar Olmazor tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Nizomiddin Fatxullayevlar ishtirokchilar uchun mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Shuningdek tadbir davomida “31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish” mavzusida maxsus rolik taqdim qilindi va uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan javob berildi.

Davlat markazi Axborot xizmati