“GIYOH” xususiy klinikasida metrologiya tekshiruvlari amalga oshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Metrologiya xizmati tomonidan respublika hududlarida joylashgan xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy o‘lchash vositalarining holatini baholash va ularni belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazish ishlari rejali tarzda muntazam amalga oshirlib kelinmoqda.
Mazkur ishlar doirasida Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “GIYOH” xususiy klinikasida foydalanilayotgan tibbiy o‘lchash vositalari Metrologiya xizmatining malakali mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida ichki a’zolar, suyaklar va yumshoq to‘qimalarning ko‘p qatlamli tasvirlarini olish imkonini beruvchi zamonaviy multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT), kuchli magnit maydon va radio to‘lqinlar asosida ishlovchi magnit-rezonans tomografiya (MRT) apparatlari, shuningdek, ultratovush tekshiruvi (UZI), elektrokardiografiya (EKG) qurilmalari, bemor monitorlari hamda laboratoriya analizatorlarining metrologik holati baholandi.
Shuningdek, klinika xodimlariga metrologiya xizmatiga oid amaldagi talablar, tibbiy jihozlardan to‘g‘ri foydalanish hamda ularni belgilangan muddatlarda metrologik tekshiruvdan o‘tkazib borishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tadbirlar kuzlangan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-son qaroriga muvofiq, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnikalar metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining 2024 yil 7 oktabrdagi 313-sonli buyrug‘iga asosan, metrologiya tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinov vositalarining ro‘yxatiga muvofiq, o‘rnatilgan tartibda metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan o‘lchash va sinov vositalarining tibbiyot faoliyatida qo‘llanilishi taqiqlanadi.
Telefon: (71) 203-01-01 (ichki 2240 — 2241)