ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti talablari bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 137-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida navbatdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Belarus Davlat standartlashtirish va sertifikalash instituti (BelGISS) hamda Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi (RSGEiOZ) hamkorligida tashkil etilgan mazkur o‘quv kurs mashg‘ulotlari BelGISS huzuridagi “TOOT” materiallar va mahsulotlarni tadqiq qilish va sinash markazi boshlig‘i Vladimir Sharamkov hamda RSGEiOZ Xromatografik tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri Tatyana Krimskaya tomonidan olib borilmoqda.