Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

22.07.2025 1241

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari natijalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori Alisher Temirov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda tarkibiy tuzilmalarning rahbarlari, viloyat filiallari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan davlat boshqaruvida ochiqlik, halollik va javobgarlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan qat’iy islohotlar amaliyotida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining faol ishtiroki etishi, Hisob palatasining taqdimnomasida ko‘tarilgan masalalar markaz uchun jiddiy ogohlantiruv sifatida baholanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch va tizimli choralar ko‘rilishi lozimligi qat’iy ta’kidlandi.

Bunda ochiqlik, qonuniylik va samaradorlik tamoyillarini amalda ta’minlash muassasa oldida turgan eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurash, ichki nazorat mexanizmlari, axborot tizimlari holati va kadrlar malakasi bo‘yicha bir qator masalalar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, korrupsiya xavflarini baholashdagi zaifliklar, manfaatlar to‘qnashuvining inkor qilinishi, xaridlar jarayonidagi ochiqlikning yetarli darajada ta’minlanmagani, axloqiy mezonlar buzilishi va axborot tizimlarining texnik jihatdan zamonaviy talablarga javob bermasligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni qisqa muddat ichida bartaraf etish va tizimli choralar ko‘rish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

☑️ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini qayta ishlab chiqish va kuchaytirish; ☑️ Axloq komissiyasi faoliyatini institutsional asosda tiklash; ☑️ Xodimlarni doimiy ravishda o‘quv kurslariga jalb etish orqali xizmat madaniyatini yuksaltirish; ☑️ Davlat xaridlari jarayonida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash;

Mazkur yig‘ilish markazda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda sifat jihatidan yangi ish uslubini joriy etish, xalq ishonchini oqlash va farmatsevtika sohasidagi nazorat hamda tartibga solish faoliyatida halollik, ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.