Muddati tugagan dori vositalarini saqlayotgan dorixonaga chora ko‘rildi

16.07.2025 1141

Muddati tugagan dori vositalarini saqlayotgan dorixonaga chora ko‘rildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Navoiy viloyati Navoiy shahri, Farovon MFY M.Tarobiy ko‘chasi 108-a-uy 100-xonadon manzilida joylashgan "BILLUR DAVO PHARM" mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Muddati tugagan 7 turdagi dori vositasini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan "BILLUR DAVO PHARM" MCHJning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining  Karmana tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.

Hamda "BILLUR DAVO PHARM" MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023-yil 10-oktyabrda berilgan 143535-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.