Yangiliklar (May, 2025)

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ rahbari A.A. hamda fuqarolar X.Sh. va I.R. fuqaro B.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 574 560 dona yaroqsiz holatdagi “Sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 55 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Batafsil

Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-oktyabrdagi “Tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari, laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 313-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Metrologiya xizmati tomonidan hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “2025-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha belgilangan hududlarda o‘tkaziladigan o‘rganish ishlari va sayyor seminarlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari Namangan viloyatida bo‘ldi.

Batafsil

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Metrologiya xizmati 3 nafar mutaxassisi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalari mutaxassislarining korxonalarda standartlashtirish faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

Batafsil