Yangiliklar (May, 2025)

"Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning sohaga amaliy tatbiqini muhokama qilish maqsadida "Tashkent Pharma Park" innovatsion klasterida dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Nozim Berdiyev boshchiligidagi markaz mutaxassislari Buyuk Britaniyaning “Waters” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini tahlil qilish, sifat va xavfsizlikni baholash sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Batafsil

Avval xabar berganimizdek shu kunlarda, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Farmatsevtika mahsulotlar xavfsizligi markazi” davlat muassasasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda AQSH Farmakopeyasi (USP) hamkorligida farmatsevtika sohasini tartibga solishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil

JSST — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2025-yil 15-mayda taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Yevropa hududlarida “AstraZeneca” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan deb ko‘rsatilgan “Imfinzi” (durvalumab), infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 500mg/10ml dori vositasining soxta partiyalari aniqlangan.

Batafsil

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish, fuqarolarning hayoti va salomatligini himoya qilish borasida sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni muomalaga chiqarishda qat’iy nazoratni yo‘lga qo‘yish maqsadida 1995-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining 181-son qaroriga muvofiq “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.

Batafsil