Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida xalqaro seminar-trening boshlandi

30.03.2026 375

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida xalqaro seminar-trening boshlandi

Bugun, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Amerika Qo'shma Shtatlari Farmakopeyasi (USP) bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Yagona umumiy texnik hujjati (CTD), ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldingi ekspertiza va xavflarni baholash” mavzusida to‘rt kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Tadbirda xalqaro miqyosdagi nufuzli ekspert, xalqaro farmatsevtika maslahatchisi Sulton Gani ishtirok etmoqda. U o‘z ma'ruzalarida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida Yagona umumiy texnik hujjat (CTD) formatini qo‘llash, ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldingi ekspertiza sifatini oshirish va xavflarni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot bermoqda. 

Ta'kidlash joiz seminar dasturi doirasida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlash, tajriba almashish va ilg‘or yondashuvlarni milliy amaliyotga joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur tashabbus O‘zbekistonda farmatsevtika tizimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, dori vositalari xavfsizligi va sifat nazoratini yanada takomillashtirish hamda aholiga sifatli va ishonchli dori vositalarini yetkazib berish tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.