Tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi muhokama qilindi

03.03.2026 500

Tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi muhokama qilindi

2025-yil 24-noyabrda chiqarilgan 738-son qaror asosida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha yangi tartib kiritilmoqda. Ushbu qaror tibbiy jihozlar bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsion xavflarni kamaytirish maqsadida qo'llanilmoqda. Uchrashuvda ishtirokchilar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda tartib bosqichlari, hujjatlarni tayyorlash talablari hamda arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari tushuntirildi. Raqamlashtirilgan jarayonlar yordamida byurokratik to'siqlar kamayish arafasida.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori kuchga kirishi munosabati bilan mahalliy hamda xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Markaz direktori Alisher Temirov raisligida o'tkazilgan ochiq muloqotda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi tartib asosida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari, hujjatlarni rasmiylashtirish talablari, ekspertiza jarayonlarining bosqichlari, xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan mezonlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, arizalarni "Darmon" axborot tizimi orqali kiritish, ularni ko‘rib chiqish muddatlari bo'yicha taqdimot qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qaror mamlakatimizda tibbiy jihozlar bozorini xalqaro standartlar asosida tartibga solish, mahsulotlar xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsion xavflarni minimallashtirishga qaratilgan bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar berilib, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan aniq tushuntirish berildi. Ochiq muloqot formati esa davlat organlari va biznes subyektlari o‘rtasida konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etish, tadbirkorlarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish orqali ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish ustuvor vazifa etib belgilandi.