Dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari egalari va ariza beruvchilar diqqatiga

25.02.2026 633

Dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari egalari va ariza beruvchilar diqqatiga

2026-yil 26-fevraldan boshlab dori vositalari va tibbiy jihozlar ro'yxatidan o'tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 738-son qarori asosida olib boriladi. Shuningdek, to’lovlar amalga oshirilayotganda to’lov varaqasining to'g'ri ko'rsatilishini ta'minlash kerak. O'tgan qonunlar doirasida ariza berilgan, lekin to'lovi amalga oshirilmagan arizalar uchun to'lovni 2026-yil 26-fevralgacha amalga oshirish so'ralmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibining yangi tahriri kuchga kirishi munosabati bilan, dori vositalari hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish boʻyicha barcha yangi arizalar 2026-yil 26-fevraldan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori talablariga muvofiq koʻrib chiqilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori amal qilgan davrda rasmiylashtirilgan va bugungi kunga qadar toʻlovi amalga oshirilmagan (mablagʻ kelib tushmagan) arizalar boʻyicha toʻlovlarni 2026-yil 26-fevralga qadar amalga oshirishingizni soʻraymiz.

Ish jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda ehtimoliy tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida to‘lov amalga oshirilayotganda to‘lov varaqasining raqami va sanasi to‘liq hamda aniq ko‘rsatilishini ta’minlashingiz so’raladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 738-son qarori 2026-yil 26-fevraldan boshlab kuchga kirishi munosabati bilan, dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yangi arizalarni 2026-yil 26-fevraldan boshlab Markazning “Darmon” axborot tizimi orqali mazkur qaror talablariga muvofiq taqdim etishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.