19.02.2026
390
Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazidagi onlayn muloqotda 18 ta mahalliy dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda har bir dori vositasining xavfsizligi, sifati va xalqaro standartlardan o'tish shartlari tahlil qilindi. Tadbirkorlarga kamchiliklarni hal etish bo'yicha tavsiyalar berildi. Muloqotda byurokratik jarayonlarni soddalashtirish va shaffoflikni oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ullari ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvning asosiy kun tartibidan mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish jarayonlarini jadallashtirish va mavjud muammolarni tezkor hal etish masalalari o‘rin oldi.
Onlayn muloqot davomida quyidagi mahalliy korxonalar tomonidan taqdim etilgan jami 18 ta dori vositasi bo‘yicha hujjatlar va laboratoriya tahlillari natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi: