Ijro intizomi — faoliyat samaradorligining bosh mezoni
O‘zbekiston Respublikasining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi”da 2025-yil davomida ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha keng monitoring amalga oshirildi. Markaz Nazorat inspeksiyasi 768 ta hujjatlarni nazorat qildi va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tizimli kuzatuv olib bordi. Yil davomida jami 37 752 ta hujjat kiritilgan bo‘lib, murojaatlarga sifatli javob berish nazorat qilindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida Nazorat inspeksiyasi tomonidan 2025-yil davomida ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Bugungi kunda davlat organlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, Markaz Nazorat inspeksiyasi tomonidan 2025-yil davomida keng ko‘lamli monitoring va nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Hisobot yilida yuqori turuvchi organlarning jami 768 ta hujjatlari qat’iy nazoratga olindi. Ushbu hujjatlarning har bir bandi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilib, ijro jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldindan bartaraf etish choralari ko‘rildi.
2025 yil davomida Markaz faoliyatiga doir jami 37 752 ta hujjat kirim qilingan bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha haftalik, oylik va choraklik monitoring tadbirlari o‘tkazib borildi. Shuningdek, Markaz mutaxassislari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga yuboriladigan javob xatlarining huquqiy va mantiqiy asoslari ko‘rib chiqildi. Hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda sifatli javob qaytarilishi qatʼiy nazoratga olindi.
Ma’lumot uchun: Markaz Nazorat inspeksiyasi ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish va kelgusida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda.