Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida ISO 37001 xalqaro standarti joriy etilmoqda

17.02.2026 405

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida ISO 37001 xalqaro standarti joriy etilmoqda

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo'yicha ISO 37001 xalqaro standarti joriy etilmoqda. Shu maqsadda onlayn seminar o'tkazilib, standart dori vositalarining ekspertizasi, ro'yxatdan o'tkazish va sertifikatlash kabi jarayonlardagi korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yoki kamaytirishga yordam beradi. Tadbirda korrupsiyaga "nol murosa" tamoyili hamda etik madaniyatni shakllantirish ko'rsatildi.

So‘nggi yillarda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha e’lon qilingan “favqulodda holat” ushbu illatga nisbatan siyosiy irodaning qat’iyligini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti — ISO 37001 talablarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tizimli ishlar boshlandi.

Shu munosabat bilan, Markazda standart talablarini barcha xodimlarga tushuntirish, uning mexanizmlarini ish faoliyatiga integratsiya qilishga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyev boshchiligida o‘tgan tadbirda Markaz mas’ullari hamda muassasaning hududlaridagi filiallari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida ISO 37001 standarti tashkilot faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularning oldini olishga qaratilgan eng samarali boshqaruv mexanizmi ekanligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, farmatsevtika sohasiga xos bo‘lgan dori vositalarini ekspertiza qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatlash va laboratoriya sinovlari, xarid va ta’minot zanjiri bosqichlari kabi jarayonlarda korrupsiyaviy xavflarning oldini olish masalalari alohida muhokama qilindi. ISO 37001 standarti ushbu yo‘nalishlarda subyektiv omillar ta’sirini kamaytirib, institutsional nazoratni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Shoyadbek Vasiyev soha xodimlari o‘rtasida zamonaviy korporativ va etik madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan “nol murosa” tamoyilini hayotga tatbiq etish bo‘yicha xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda ichki audit tizimini kuchaytirish yuzasidan hududiy filiallar mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashildi.

Xulosa qilib aytganda, ISO 37001 xalqaro standartini joriy etish Markaz faoliyatining shaffofligi, hisobdorligi va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati