Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ishlar sarhisobi

31.12.2025 418

Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ishlar sarhisobi

2025 yilda Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi aholi salomatligini himoya qilish, dori vositalari sifatini nazorat qilish hamda mikrobiologik nazoratni kuchaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirdi. Jami 4 100 ta normativ hujjat ekspertizasi, 5 600 ta laboratoriya sinovlari o'tkazilib, 4 ta dori vositasining me'yoriy talablarga mos kelmasa ham, erta xavf aniqlangan. Laboratoriya tibbiy mahsulotlar bo'yicha 1 896, 315, 472 va 245 ta sinov amalga oshirgan. Xodimlar malaka oshirish darslarida qatnashdilar. 43 ta o'lchov vositasining qiyoslashidan, 12 tasining kalibrovkadan o'tkazildi va 14 turi zamonaviy uskuna xarid qilinib qo'shilgan. Ushbu ishlar dori vositalari xavfsizligini kuchaytirish va tizimli, sifatli nazoratni ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'ldi.Cocoon AI Summary

2025 yilda Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan aholi salomatligini himoya qilish, biologik mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash hamda mikrobiologik nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kompleks va tizimli ishlar amalga oshirildi. Laboratoriya faoliyati dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasining barcha bosqichlarida sifatni nazorat qilishni qamrab oldi.

Hisobot davrida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha 4 100 ta normativ hujjat ekspertizasi o‘tkazilib, 5 600 ta laboratoriya sinovlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan sinovlar natijasida 4 ta seriyadagi dori vositalari amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topildi. Bu holatlar mikrobiologik tahlilning profilaktik ahamiyatini, ya’ni xavfli mahsulotlarning erta bosqichda aniqlanishini ta’minlayotganini ko‘rsatdi.

Laboratoriya tomonidan tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish doirasida 1 896 ta, insonparvarlik yordami sifatida olib kirilgan mahsulotlar bo‘yicha 315 ta, postmarketing nazorati bo‘limi tomonidan taqdim etilgan farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha 472 ta, shuningdek shartnoma asosida taqdim etilgan farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha 245 ta laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. Mazkur ko‘rsatkichlar laboratoriya faoliyatining ko‘p yo‘nalishli va yuqori yuklama asosida olib borilganidan dalolat beradi.

Laboratoriya faoliyatini barqaror yuritish va xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida 2025 yilda inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlar texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrlogiya va muvofiqlikni baholash asoslari, autoklavda ishlash qoidalari, O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari hamda farmatsevtika laboratoriyalarida qo‘llaniladigan analitik usullarda ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.

Xalqaro hamkorlik doirasida laboratoriya mutaxassislari tomonidan JSSTning dastlabki kvalifikatsiyasiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi, shuningdek biologik mahsulotlar va farmatsevtik sifat nazorat laboratoriyalari bo‘yicha global tarmoqlarning yillik yig‘ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etildi. Ushbu tashriflar laboratoriya faoliyatini xalqaro baholash mezonlariga moslashtirishga xizmat qildi.

2025 yil davomida laboratoriya faoliyati ustidan muntazam baholash ishlari olib borildi. Xususan, dekabr oyida laboratoriyada navbatdagi inspektsion baholash o‘tkazildi. Shu bilan birga, laboratoriya uskunalarining metrlogik nazorati doirasida 43 ta o‘lchov vositasi qiyoslashdan, 12 ta o‘lchov vositasi esa kalibrovkadan o‘tkazildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida esa 14 turdagi zamonaviy laboratoriya uskunalari xarid qilinib, ish jarayonlariga joriy etildi.

Umuman olganda, 2025 yilda Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar biologik mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash, mikrobiologik nazoratni kuchaytirish hamda dori vositalari muomalasida sifat va ishonchlilikni ta’minlashda muhim natijalarni berdi. Yil yakunlari laboratoriya faoliyatining tizimli, ilmiy asoslangan va barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatdi.

Umuman olganda, 2025 yilda vaksinalar va mikrobiologik tahlil yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sifat nazoratining ilmiy asoslangan, xavf-xatarlarni oldindan aniqlashga qaratilgan modelini yanada mustahkamladi. Laboratoriya faoliyati orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasida xavfsizlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillari izchil ta’minlanib, sog‘liqni saqlash tizimining barqaror ishlashiga xizmat qildi.