Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi foliyati sarhisob qilindi
2025 yilda Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi dori vositalari va tibbiy jihozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli ekspertiza va sinov ishlarini amalga oshirdi. Jami 2 945 ta dori va tibbiy jihoz bo‘yicha birlamchi ekspertiza amalga oshirilgani, 1 423 ta farmako-toksikologik sinov o‘tkazilgani hisobga olingan. Laboratoriya O‘zDSt 2762:2018 (GLP) standartiga muvofiq inspeksiyadan o‘tdi va natijalarning ishonchliligini tasdiqladi. Yil davomida ro‘yxatdan o‘tkazish, postmarketing nazorati hamda sertifikatlashtirish ishlari keng olib borildi.Cocoon AI Summary2025 yil davomida Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ekspertiza va sinov ishlari tizimli ravishda olib borildi. Laboratoriya faoliyati dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularning muomaladagi xavfsizligini baholash hamda postmarketing nazoratni ta’minlash jarayonlarida muhim tahliliy bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘ldi.
Hisobot yilida respublikada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 2 945 nomdagi dori vositalari va tibbiy jihozlar bo‘yicha hujjatlarning birlamchi ekspertizasi amalga oshirilib, ular asosida tegishli farmako-toksikologik laboratoriya xulosalari rasmiylashtirildi. Xususan, dori vositalari yo‘nalishida 1 058 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 753 ta ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, tibbiy jihozlar bo‘yicha esa 293 ta ro‘yxatga olish va 109 ta guvohnoma muddatini uzaytirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda farmako-toksikologik baholash dori vositalarining xavfsizlik profilini aniqlashda asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qildi.
Laboratoriya faoliyati faqat ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichi bilan cheklanib qolmadi. 2025 yil davomida postmarketing nazorati boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan 340 ta, insonparvarlik yordami doirasida kelib tushgan 115 ta, shartnoma asosida taqdim etilgan 514 ta, shuningdek sertifikatlashtirish doirasida jami 1 423 ta farmako-toksikologik sinovlar o‘tkazildi. Ushbu sinovlarning 998 tasi TRIS.UZ axborot tizimi orqali amalga oshirilgani laboratoriya faoliyatida raqamli integratsiya va shaffoflik kuchayganini ko‘rsatadi.
Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasida olib borilayotgan sinovlar zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, ularning natijalari yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ajralib turadi. Laboratoriya faoliyatining me’yoriy-huquqiy talablar hamda ilg‘or laboratoriya amaliyotlariga muvofiqligi muntazam ravishda ta’minlanmoqda. Xususan, laboratoriya O‘zDSt 2762:2018 — “Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)” standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan inspeksiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, amalga oshirilayotgan farmako-toksikologik sinovlarning xalqaro talablarga mosligi va natijalarning ishonchliligini tasdiqladi.
Umuman olganda, 2025 yil Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi faoliyatida barqarorlik, yuklama va mas’uliyat uyg‘unlashgan davr bo‘ldi. Laboratoriya dori vositalari va tibbiy buyumlar xavfsizligini baholashda shunchaki tekshiruvchi emas, balki davlat qarorlarini ilmiy-tahliliy jihatdan ta’minlab beruvchi muhim institut sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Yil yakunlari farmako-toksikologik nazoratning sog‘liqni saqlash tizimidagi ahamiyati yanada oshib borayotganini, ushbu laboratoriya esa dori vositalari muomalasida xavfsizlikni ta’minlashda strategik rol o‘ynayotganini yaqqol ko‘rsatdi.