Alisher Temirov, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga berilgan tegishli akkreditatsiya guvohnomasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.

28.11.2025 560

Bugun O‘zbekiston akkreditatsiya markazida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga berilgan tegishli akkreditatsiya guvohnomasini tantanali ravishda qabul qilib oldi. 

Mazkur guvohnoma miliiy sertifikatlashtirish organining malakasi, mustaqilligi, xolisligi va sifat menejmenti tizimlarini professional darajada baholash bo‘yicha texnik tayyorgarligini tasdiqlaydi. 

Shuningdek, akkreditatsiya jarayoni ILAC (https://ilac.org/) va IAF (https://iaf.nu/en/home/) xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlik qiluvchi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi (https://t.me/uzakkreditatsiya) tomonidan amalga oshirilgani, Milliy sertifikatlashtirish organi tomonidan beriladigan sertifikatlarning xalqaro maydonda tan olinishiga keng yo‘l ochadi.