Dori vositalarini ishlab chiqarish va import jarayonlaridagi muammolar muhokama qilindi

27.11.2025 654

Dori vositalarini ishlab chiqarish va import jarayonlaridagi muammolar muhokama qilindi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi binosida “Dori vositalarini ishlab chiqarish va import qilishdagi muammolar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Markaziy bank, CRPT Turon, Soliq qo‘mitasi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Zarur amaliyotlar markazi mas'ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida dori vositalarini ishlab chiqarish va import qilish jarayonlarida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish mexanizmlari, shuningdek, sohada tartib-taomillarni yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ayrim jarayonlarda ortiqcha vaqt va resurs sarfini qisqartirish, xavfsizlik va sifat nazoratini kuchaytirish hamda idoralararo axborot almashinuvini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, tizimda shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchi idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish, yuqoridagi masalalar yuzasidan amaliy choralar ishlab chiqish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha kelishib olindi.