Markaz mutaxassislari “NOVAMED-2025” Butunrossiya xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “NOVAMED-2025” V-Butunrossiya xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarining ishlab chiqilishi, sinovdan o‘tkazilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ularning xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan.Mazkur forum sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida ilg‘or tajriba almashish, innovatsion yechimlarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli platforma hisoblanadi.
Unda 1000 dan ortiq ishtirokchilar jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Oman kabi davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda.
Forum doirasida yetakchi regulyator organlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari o‘rtasida farmatsevtika va tibbiy jihozlar sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashinuvi, yangi texnologiyalarni joriy etish va xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda.