Dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi joriy etilishi litsenziya talabi sifatida belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son qarori bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasportiga o'zgaritish kiritilmoqda.
Unga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab, Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan (https://lex.uz/docs/7534275) 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli bilan belgilangan maʼlumotlarni real vaqt rejimida almashilishini taʼminlashi shart.
Eslatib o’tamiz, dorixonalar tomonidan retsept asosida beriladigan dori vositasini retseptsiz berganlik uchun qonunchilikda dorixona xodimiga nisbatan javobgarlik belgilangan. Endilikda bunday dori vositalarini xarid qilishda yurtdoshlarimiz dorixonaga albatta shifokor tomonidan tizimga kiritilgan elektron retsept asosida murojaat etishlari tavsiya qilinadi.