07.10.2025
1018
Ayni damda Toshkentda VI Yevroosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tmoqda
2025-yil 7-9-oktyabr kunlari “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnoparki maydonida "Global Pharmaceutical Leaders’ Club" hamkorligida tashkil etilgan 6-Yevroosiyo farmatsevtika sammiti - “Farmatsevtika: ijtimoiy kelishuv sifatida” mavzusidagi nufuzli xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit farmatsevtika sohasidagi muhim yo‘nalishlar, innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish hamda aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va soha barqarorligini ta’minlashning eng samarali usuli masalalariga qaratilgan.