07.10.2025
1052
Ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonda dori vositasidan bolalar vafot etganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi “Sresan Pharma” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Coldrif” dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligini ma’lum qiladi.
Ma’lumot uchun, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.