Farmakonazorat va dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mavzusida master-klass o‘tkaziladi

24.09.2025 890

Farmakonazorat va dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mavzusida master-klass o‘tkaziladi

2025-yil 26-sentyabr kuni soat 14:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida farmatsevtik kompaniyalar vakillari uchun «Farmakonazorat va dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida amaliy master-klass tashkil etiladi.

Mazkur tadbir Rossiya Federatsiyasining Farmakonazorat milliy ilmiy markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, trening ushbu markaz bosh direktori Anatoliy Krasheninnikov, Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ekspert Viktoriya Korotenko hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmokologik nazorat bo‘limi boshlig‘i Sabohat Hayitova tomonidan olib boriladi.

Master-klass yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Murojaat uchun telefonlar: 

(99) 111-45-44 ; (71) 203-01-01 (ichki - 2351)

Manzil: 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16 uy. (lokatsiya)  (https://yandex.uz/maps/-/CLqrQ4oh)