Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi o‘z kompetentligini xalqaro darajada tasdiqladi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Tibbiy qo‘llaniluvchi vositalar ekspertizasi ilmiy markazi» (FGBU «NSESMP») tomonidan tashkil etilgan malaka sinovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Laboratoriya «Dori vositalarida sterillik» ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ekish usulida o‘tkazilgan laboratoriyalararo solishtirma sinovlarda ishtirok etib, GF RF OFS.1.2.4.0003.15 talablari asosida sinovlarni amalga oshirishda o‘z kompetentligini tasdiqladi.
Bunday dasturlarda ishtirok etish sinov natijalari sifatini ta’minlash, laboratoriya ishining ishonchliligi va xalqaro talablarga muvofiqligini mustaqil baholashning muhim elementi hisoblanadi.
Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik sinovlar laboratoriyasi