Markaz laboratoriyasi “Zarur laboratoriya amaliyoti – GLP” sertifikatini oldi

15.09.2025 1082

Markaz laboratoriyasi “Zarur laboratoriya amaliyoti – GLP” sertifikatini oldi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi O‘zDSt 2762:2018 – “Zarur laboratoriya amaliyoti – GLP” talablariga muvofiqligi bo‘yicha muvaffaqiyatli inspeksiyadan o‘tdi.

Zarur amaliyotlar markazi tomonidan berilgan sertifikat laboratoriyaning xalqaro mezonlarga javob berishini va farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi sohasida yuqori standartlarga amal qilayotganini tasdiqlaydi.

Shuningdek, mazkur sertifikat markazning ilmiy - tadqiqot ishlari hamda dori vositalari xavfsizligi bo‘yicha sinovlarni samarali va ishonchli tarzda olib borishiga keng yo‘l ochadi.