Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. Uni Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda yurtimiz vakillari bilan birga, AQSH, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Polsha, Shveysariya, Hindiston, Singapur, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi mamlakatlardan 300 nafardan ortiq yetakchi olimlar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar qatnashmoqda.
Xususan, taklif etilgan mehmonlar ro‘yxatida JSSTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina, AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Shveysariya, Hindiston, Singapur, Janubiy Koreya, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning milliy regulyator organlari, Farmatsevtika mahsulotlariga qo‘yiladigan texnik talablarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha xalqaro kengash Assambleyasi (ICH), Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati (EDQM), Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi (IPRP), AQSH Farmakopeyasi (USP) mas’ullari ham bor.
Shuningdek, anjumanda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Xalq tabobati akademiyasi mutasaddilari ishtirok etmoqda.