Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan ishlash holati o‘rganildi

21.08.2025 1177

Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “2025-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarda o‘tkaziladigan o‘rganish ishlari va sayyor seminarlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari Xorazm viloyatida bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Respublika sud-to‘bbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Xorazm filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Xorazm viloyati ruhiy asab kasalliklar dispanseri, Xorazm viloyati narkologiya dispanseri, “Tuproqqal’a” tumani tibbiyot birlashmasi, Xiva tuman tibbiyot birlashmasi, Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali, Xorazm viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi va ularning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari mutaxassislari ishtirokida bir qator uchrashuv va seminarlar o‘tkazildi.

Shuningdek, muloqot davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarning litsenziya talablariga to‘liq rioya etilishi, shifoxona va markazlarda giyohvand moddalar hamda psixotrop vositalarni xavfsiz saqlash shartlarini ta’minlash, shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash xizmatlarida nazoratni kuchaytirish hamda 2025-yil uchun tayyorlangan sayyor seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar rejasi ijrosini samarali ta’minlash masalalarini muhokama qilindi.

Ushbu tashrif hududdagi sog‘liqni saqlash tizimida nazoratni kuchaytirish va xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi