Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

12.08.2025 1194

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan viloyatidan kelgan “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘lovchisi fuqaro E.B.ning yonidan hamda mashina yukxonasidagi unga tegishli sport sumkasidan sotish maqsadida olib kelingan jami 412 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.