Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi

11.07.2025 1072

Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Kimyogar MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 45a-uy manzilida joylashgan "SMART FARM 2020" mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 23 turdagi dori vositasini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan SMART FARM 2020" MCHJning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining  Karmana tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.

Hamda "SMART FARM 2020" MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2020-yil 9-noyabrdagi berilgan 471603-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.