1223 nomdagi 5970 o‘ram dori vositlarining yaroqlik muddati o‘tganligi aniqlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan respublikamiz hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan dori vositalari "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM laboratoriyalarida ekspertiza qilindi.
Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 3138 nomdagi 171 493 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi jumladan:
✔️ 1817 nomdagi 158 930 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
✔️ 108 nomdagi 1470 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
✔️1223 nomdagi 5970 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
✔️ 4 nomdagi 1433 o‘ram – qalbakilashtirilgan;
✔️ 86 nomdagi 3690 o‘ram kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkinmasligi bo‘yicha xulosa berildi.
Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.