O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli Farmoniga muvofiq

12.06.2025 360

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan boshlab cheklangan savdo ustamalari faqatgina retsept asosida beriladigan dori vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda esa bunday cheklovlar amal qilmaydi.

 

Aholini sifatli va iqtisodiy jihatdan maqbul dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarda dori-darmonga nisbatan ishonchni mustahkamlash hamda farmatsevtika bozorida shaffoflikni ta’minlash maqsadida zamonaviy raqamli yechimlar joriy etilmoqda.

Shu maqsadda, 2023-yil 1-apreldan boshlab “Uzpharminfo” raqamli platformasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizim orqali foydalanuvchilar dori vositalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. Jumladan, dori vositalarining nomi, tarkibi, dozirovkasi, cheklangan narxlari, amaldagi sertifikatlari va boshqa muhim axborotlar ochiq shaklda taqdim etiladi.

Yurtdoshlarimiz quyidagi havola orqali istalgan vaqtda onlayn tarzda dori vositalarini tekshirish, taqqoslash hamda narxlarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin:

 IOS platformasi uchun

Android platformasi uchun

Ma’lumot uchun: 2025-yil 31-may holatiga ko‘ra mamlakatimizda 11 162 ta nom va dozirovkadagi retsept bo‘yicha beriladigan dori vositasiga cheklangan narxlar qayd etilgan bo‘lib, bu orqali noqonuniy va sifatsiz mahsulotlarga qarshi kurashilib, aholiga shaffof va tezkor axborot taqdim etilmoqda.