Muhtaram yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

06.06.2025 1585

Muhtaram yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

 

Barchangizni tinchlik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muqaddas Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugungi kunda Qurbon hayiti nafaqat diniy bayram, balki bag‘rikenglik, mehribonlik, olijanoblik va insoniylik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etuvchi ma’naviy ayyom sifatida yurtimizda munosib nishonlanmoqda.

Bu muborak onlarda birdamlik va hamjihatlik ruhi hayotimizga yanada chuqurroq kirib borayotgani, mahallalarimizda yoshlar va keksalarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar Qurbon hayitining ezgu an’analarini yanada mustahkamlamoqda.

Shu ulug‘ ayyomda yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, har bir oilada fayzu baraka va totuvlik hukm surishini tilayman. Yaratganning rahmati va barakati barchamizning xonadonlarimizga hamisha hamroh bo‘lsin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

 

Hurmat ila,

Alisher Temirov

Farmatsevtika mahsulotlari

xavfsizligi markazi direktori