Markaz laboratoriyasi xalqaro darajadagi sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

28.05.2025 1601

Markaz laboratoriyasi xalqaro darajadagi sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sinov markazining dori vositalarini sifat nazorati va standartlashtirish laboratoriyasi sinovlarni o‘tkazish sohasidagi o‘z salohiyatini yana bir bor muvaffaqiyatli namoyon etdi.

Laboratoriya ISO/IEC 17043 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan provayder tomonidan tashkil etilgan malaka sinovlari dasturlarida ishtirok etdi. Mazkur dasturlar D.I.Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti bazasida amalga oshirildi. 

Dori vositalarida sulfatlarni aniqlash, infraqizil spektrometriya hamda yupqa qatlamli xromatografiya usuli orqali dori vositalarining xaqiqiyligini aniqlash yo‘nalishlarda o‘tkazilgan sinovlar yakunlariga ko‘ra, Markaz laboratoriyasi barqaror ijobiy natijalarga erishdi.

Bu esa uning yuqori kasbiy kompetentligi, ilmiy-texnik salohiyati va xalqaro standartlar talablariga to‘la javob berishini yana bir bor tasdiqlaydi.