Navoiyda tibbiy faoliyatni litsenziyalash va metrologik nazoratga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Navoiy shahridagi Hamshiralar malakasini oshirish markazi binosida viloyatdagi xususiy klinikalar rahbar va xodimlari, tadbirkorlar hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida sohadagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli Qarori ijrosi, tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillari, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolar va tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirgan savollar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda SSV Metrologiya xizmati mas’ul xodimi Abduvohid Jamolov so‘zga chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-oktyabrdagi 313-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib, tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va diagnostika uskunalarini har yili majburiy ravishda metrologik tekshiruv (qiyoslash)dan o‘tkazish zarurligi ta’kidladi.
Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida mazkur uskunalarni qiyoslash ishlari joyning o‘zida, faoliyatga ta’sir qilmagan holda amalga oshirilishi hamda bu boradagi Metrologiya xizmati faoliyati haqida ham ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.