Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari xalqaro seminarda ishtirok etdilar

23.05.2025 2147

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari xalqaro seminarda ishtirok etdilar

 

Joriy yil 19–23-may kunlari O‘zbekiston akkreditatsiya markazida Germaniya milliy akkreditatsiya organi (DAKKS) eksperti Torsten Avgustin ishtirokida ISO/IEC 17043 va ISO 17034 xalqaro standartlari bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari Zufar Boboyev va Xurshid Tursunovlar faol ishtirok etdi. Seminar ISO/IEC 17043 – “Muvofiqlikni baholash. Malakani tekshirish provayderlari malakasiga qo‘yiladigan umumiy talablar”, ISO 17034 – “Standart namunalarni ishlab chiqaruvchilarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” mavzusida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oldi.

Shuningdek, seminar - trening davomida sinov laboratoriyalarida malakani tekshirish dasturlarini samarali tashkil etish, statistik tahlil va baholash metodlarini o‘zlashtirish, sifat tizimi barqarorligini ta’minlashda standart namunalarning roli chuqur tahlil qilindi. 

Ushbu seminar orqali ishtirokchilar xalqaro ekspert bilan bevosita tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish va kasbiy salohiyatini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.