Jarayon: O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

07.05.2025 2667

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

 

Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining "CADAP" dasturi doirasida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralariga maxsus texnika hamda uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari, "CADAP" dasturi rahbarlari va mutaxassislari, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamg‘armasi hamda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining keskin oshganligi va ushbu sohada internet tarmog‘i, messenjerlar hamda anonim to‘lov tizimlaridan aktiv foydalanilayotganligi bilan bog‘liq zamonaviy tahdidlarga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbir yakunida tomonlar "CADAP" dasturi doirasidagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, transmilliy giyohvandlik jinoyatchiligiga qarshi samarali kurashishga imkon yaratishiga ishonch bildirishdi.