Yevropa–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

30.04.2025 478

Yevropa–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 

Poytaxtimizda Yevropa–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (EUROUZ) huzuridagi Sog‘liqni saqlash va hayotiy fanlar qo‘mitasining yarim yillik faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Bojxona va Soliq qo‘mitalari, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi shuningdek, EUROUZga a’zo 40 dan ortiq yetakchi kompaniyalar, Shveysariya va Fransiya elchixonalari hamda Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

EUROUZ – Yevropa–O‘zbekiston biznes assosatsiyasi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi davlatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash hamda xususiy sektor bilan davlat idoralari o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil va notijorat tashkilot hisoblanadi.

Davra suhbatida davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb masalalar, shuningdek, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari hamda tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, EUROUZ va tegishli davlat tashkilotlari o‘rtasida doimiy idoralararo ishchi guruhni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.