Markaz vakillari Qozog‘istonda IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi

26.04.2025 554

Markaz vakillari Qozog‘istonda IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi

 

Joriy yilning 24–25-aprel kunlari Ostonada sog‘liqni saqlash siyosatini sog‘liqni saqlash texnologiyalarini baholash asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyev ham ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida sog‘liqni saqlash texnologiyalarini baholash hamda klinik tavsiyalarni ishlab chiqish va dori vositalari narxlarini tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar sog‘liqni saqlash tizimida dalillarga asoslangan yondashuvlarni kengaytirish bo‘yicha tajriba almashdi.