Namangan viloyatidagi farmatsevtik korxonalar faoliyati o‘rganildi

24.04.2025 501

Namangan viloyatidagi farmatsevtik korxonalar faoliyati o‘rganildi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Nozim Berdiyev mahalliy korxonalar faoliyatidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularga vakolat doirasida huquqiy va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Namangan viloyatida bo‘ldi.

Tashrif davomida dori vositalari ishlab chiqaruvchi viloyatdagi yirik mahalliy korxonalar “MerryMed Farm” va "Nano Pharmaceuticals" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, klinik tadqiqotlar o‘tkazish hamda faoliyatga farmakonazorat talablarini samarali joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot jarayonida mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqaruvchilar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda farmatsevtika salohiyatini yanada oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda dori vositalari xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.